Yosh olimlar uchun Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanlovi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori Nizomi hamda Huazhong fan va texnologiya universiteti (HUST) kelishuviga muvofiq maqsadli tanlov e’lon qilinadi.
Stajirovka yo‘nalishlari
Ajratilgan 30 ta kvota doirasida g‘oliblar 2026–2027-yillar davomida 5 oy muddatga stajirovkaga yuboriladi. Dastur ingliz tilida olib borilib, ishtirokchilarning xalqaro laboratoriyalar hamda texnologik bazada ilmiy izlanish olib borishi, shuningdek, yashash va yo‘l xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 20-avgust – 30-sentabr (23:59 gacha).
Hujjatlar OTM/ilmiy tashkilot tavsiyasi bilan faqat internship.ilmiy.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Boshqa kanallar (pochta, edo.ijro.uz, e-xat va h.k.) orqali yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
@FerSU_Global1930

