Tabiiy fanlar fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!
Farg'ona davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyor.
Fakultetda biologiya, kimyo, geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tahsil oladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab talabalarga zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
📍 Fakultet binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun 7-sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentyabrdan boshlanadi.
🔗FarDU rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website











