Farg‘ona davlat universiteti: post #23699 — TG.ME

#Mustaqillik35
#Tayyorgarlik

Harbiy ta'lim fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!

Farg‘ona davlat universitetining Harbiy ta'lim fakulteti 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyor.

Fakultetda chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab talabalarga zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

📍 Fakultet binosining geolaktsiyasi:

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun 7-sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentyabrdan boshlanadi.

🔗FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
❤1👍1🔥1
September 4, 2026 708