O‘rda maydonida mumtoz va zamonaviy musiqa sadolari yangradi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami shukuhi kezayotgan kunlarda Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida “Yangi O'zbekiston - ezgu maqsad, yangi harakat!” shiori ostida “Mohir fortepianochi” tanlovi g‘oliblari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Fortepiano ijrochiligi yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturida mumtoz va zamonaviy musiqa namunalari, taniqli kompozitorlar asarlari hamda turli musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.
Yosh ijrochilar o‘zlarining ijro mahoratini namoyish etdi. Konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
—
На площади Урда прозвучали классические и современные музыкальные произведения
—
Classical and Contemporary Music Performed at Urda Square
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Forwarded fromFarg'ona viloyati hokimligi
1September 4, 2026 663




