#MustaqillikDarslari #Jadidlar #QatagʻonQurbonlari #Mustaqillik35Yil
📅 2026-yil 3-sentyabr kuni Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetida Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyondalariga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” o‘quv mashg‘ulotini o‘kazish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Ushbu tabdirda Fakultet dekan o‘rinbosari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va o‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
📚 Ushbu tadbirda so‘z olgan fakultet dekan o‘rinbosari E.Umronov talaba yoshlarga O‘zbek xalqining milliy davlatchilik, ma’rifat, ilm-fan va ozodlik yo‘lidagi tarixida jadidlik harakati alohida o‘rin tutishi, zamonaviy ta’limni rivojlantirish, milliy ong va tafakkurni yuksaltirish, Vatan taraqqiyoti va milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qilishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
✔️Tadbir davomida talaba-yoshlarga Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyondalariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



















