Aziz professor-o‘qituvchilar, qadrli xodimlar va talabalar!
🔹Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, erkin va farovon hayotimiz hamda buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Yurtimizda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor barchamizni Vatan ravnaqi yo‘lida yangi marralar sari intilishga undamoqda.
✨Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Universitetimiz jamoasining ahilligi, fidoyiligi va bunyodkorlik ruhi bundan buyon ham yangi yutuqlarimizga qanot bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Rustam Tojiyev
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

