Farg‘ona startap ekotizimi yangi bosqichda: Plug and Play Tech Center vakili Farg‘onada! 🚀
IT Park Farg‘ona filiali hamda jahonga mashhur Plug and Play Tech Center xalqaro akseleratori hamkorligida rejalashtirilgan akseleratsiya dasturi oldidan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida Plug and Play’ning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Muhammad Mahmudov 20–21-avgust kunlari Fergana Digital Hub markazida bo‘ldi.
Tashrif davomida:
- Startaplar bilan muloqot: Mahalliy startap loyiha asoschilari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etilib, bo‘lajak akseleratsiya dasturining imkoniyatlari, talablari va bosqichlari batafsil tushuntirildi.
- Mentorlik va feedback sessiyalari: Har bir startap loyihasi tahlil qilinib, ularni global bozorga moslashtirish va investitsiya jalb qilish bo‘yicha xalqaro tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar berildi.
- Strategik muzokaralar: Raqamli texnologiyalar vazirligi va mahalliy hokimlik vakillari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda viloyatda innovatsion muhitni rivojlantirish va yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik Farg‘ona viloyatidagi istiqbolli loyihalarni xalqaro darajaga olib chiqish, venchur investitsiyalarni jalb qilish va mintaqaviy startap ekotizimini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
#ITPark #PlugAndPlay #FerganaDigitalHub #Startups #Innovation #TechEcosystem #Uzbekistan