Xiaomi kompaniyasining yangi buklanadigan smartfoni HyperOS 4… — Digital Digest — TG.ME

Xiaomi kompaniyasining yangi buklanadigan smartfoni HyperOS 4 tizerlarida namoyon bo‘ldi

Xiaomi yangi HyperOS 4 operatsion tizimining beta-testini e’lon qildi. Tizimga bag‘ishlangan promo-materiallarda kompaniyaning yangi buklanadigan smartfoni ham ko‘zga tashlangan.

Taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma Xiaomi Mix Fold 5 nomi ostida taqdim etiladi. Smartfon burchaklari yumaloqlangan, 4:3 nisbatdagi ichki displey bilan jihozlanadi. Uning shakli iPhone Ultra modeliga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Ekran diagonali taxminan 7,6 dyuymni tashkil etadi. Shuningdek, old kamera displeyning o‘ng yuqori burchagida joylashadi.

Insayder Digital Chat Station ushbu ma’lumotning to‘g‘riligini tasdiqlab, qurilmaning form-faktorini Huawei Pura X Max va Samsung Galaxy Z Fold 8 kabi raqobatchilar bilan taqqosladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonning taqdimoti sentabr oyi oxirida, Xiaomi 18 Pro smartfonlari qatori bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
August 24, 2026 2.8K 5