Apple AirPods 5 quloqchinlarini sentabr oyida yangi qurilmalar bilan… — Digital Digest — TG.ME

Apple AirPods 5 quloqchinlarini sentabr oyida yangi qurilmalar bilan birga taqdim etadi

Bloomberg xabariga ko‘ra, sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Apple tadbirida AirPods 5 quloqchinlari ikki xil versiyada taqdim etilishi mumkin: standart va faol shovqinni bostirish (ANC) funksiyasiga ega model.

Dastlab AirPods 5 modelining taqdimoti 2027-yilga rejalashtirilgani taxmin qilingan edi. Endilikda esa yangi quloqchinlar kompaniyaning boshqa yangi qurilmalari bilan birga 9-sentabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Siri va Visual Intelligence orqali sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun o‘rnatilgan kameraga ega AirPods quloqchinlarni hali kutishga to’g’ri keladi. Bunday model kelasi yildan oldin chiqishi kutilmayapti.
August 27, 2026 2.7K 4