Apple Mac mini M4 modelini olishga ulgurmaganlarga Mac mini M6 modelini yuboradi
Apple kompaniyasidan misli ko‘rilmagan saxovat aksiyasi: Mac mini qurilmasiga buyurtma bergan, ammo hali qurilmasini olmagan xaridorlar endi yangi Mac mini M6 modeliga ega bo‘lishadi. Bepul yangilanishni tasdiqlovchi xabarlarni AQShdagi ayrim foydalanuvchilar allaqachon olishgan.
Yangi Mac mini modelining boshlang‘ich narxi $899. Avvalgi avlodni esa dastlab $599 ga sotib olish mumkin edi. Keyinchalik narxlar qayta ko‘rib chiqilib, 256 GB xotirali versiya sotuvdan chiqarilgach, uning narxi $799 gacha oshirilgan.

August 31, 2026 1.8K 3