Sony Xperia 10 VIII smartfonini taqdim etdi Model o‘ziga xos… — Digital Digest — TG.ME

Sony Xperia 10 VIII smartfonini taqdim etdi

Model o‘ziga xos burchaksimon korpusini, ekranda hech qanday kesma bo‘lmagan keng ramkalarini saqlab qolgan. Shuningdek, yangilangan yarim shaffof kamera blokiga ega bo‘lgan.

Smartfonning asosiy xususiyatlari qatorida 3,5 mm audio ulagich, microSD sloti, kamera uchun maxsus tugma va ignasiz chiqarish mumkin bo‘lgan SIM-karta sloti bor.

Yangi smartfon uch xil rangda taqdim etildi: oq, kulrang va liloviy.

Asosiy xususiyatlari:

Displey: 6,1 dyuym AMOLED, 2340 × 1080 piksel, 120 Hz gacha
Protsessor: Snapdragon 6 Gen 3
Xotira: 8 / 128 GB
Operatsion tizim: Android 16
Kameralar: 50 MP + 13 MP keng burchakli kamera
Aloqa: Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.4, 5G, NFC, GPS
Suvdan himoya: IP68
Batareya: 5000 mA·soat
Narxi: £550 (~$750)
August 27, 2026 2.7K 3 4