Kuchsiz qurilmalar uchun PUBG Mobile Light taqdim etildi
PUBG Mobile ishlab chiquvchilari kuchsiz qurilmalar uchun mo‘ljallangan yengillashtirilgan PUBG Mobile Light versiyasini taqdim etdi. Yangi versiya protsessorga tushadigan yuklamani kamaytirishi va qurilma xotirasini tejashi bilan ajralib turadi.
O‘rnatish hajmi: Android uchun — 1 GB, iOS uchun — 2 GB. Shunga qaramay, o‘yin odatiy PUBG Mobile versiyasidagi asosiy mexanikalarning barchasini saqlab qoladi. Shuningdek, eski akkaunt orqali tizimga kirish va barcha yutuqlarni yangi versiyaga ko‘chirish mumkin.
PUBG Mobile Light versiyasini ishga tushirish joriy yil oxiriga rejalashtirilgan. Biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish 25-avgustdan boshlanadi.

August 24, 2026 2.9K 4 17