DevCore mentorlari tomonidan Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 9-maktabining 7-sinfdan yuqori o‘quvchilari uchun dasturlash asoslari bo‘yicha 10 kunlik bepul qo‘shimcha kurs tashkil etilmoqda.
O‘quvchilar dasturlash olami bilan tanishadi, dasturlash qanday ishlashini tushunadi, ilk kodlarini yozadi va IT sohasidagi turli yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
— 7-sinfdan yuqori o‘quvchilar
— Dasturlashga qiziqadiganlar
— Hech qachon kod yozib ko‘rmagan bo‘lsa ham, o‘rganishni xohlaganlar
Saytimizda boshqa joylashuvlarda tashkil etiladigan kurslar uchun 300 000 so‘mlik to‘lov ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Agar siz 9-maktab o‘quvchisi bo‘lsangiz, ushbu narxga e’tibor bermang. Tizim sizga avtomatik ravishda 10 kunlik dasturlash kurslarini 100% bepul holatda taqdim etadi.
Darslar maktab direktori va ustozlari bilan kelishilgan holda tashkil etilmoqda. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa — qiziqish va o‘rganishga tayyorlik.
Agar siz ham Yangibozor tumani 9-maktabida o‘qisangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qoling.
Balki bugun yozadigan birinchi "print()"ingiz kelajakdagi kasbingizning boshlanishi bo‘lar.




