DevCore endi Xorazmda! DevCore mentorlari tomonidan Xorazm viloyati… — DevCore — TG.ME

🏳️DevCore endi Xorazmda! DevCore mentorlari tomonidan Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 9-maktabining 7-sinfdan yuqori o‘quvchilari uchun dasturlash asoslari bo‘yicha 10 kunlik bepul qo‘shimcha kurs tashkil etilmoqda. 🏫Bu shunchaki nazariy darslar emas. O‘quvchilar dasturlash olami bilan tanishadi, dasturlash qanday ishlashini tushunadi, ilk kodlarini yozadi va IT sohasidagi turli yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi. 🤔 Kimlar qatnashishi mumkin? — 7-sinfdan yuqori o‘quvchilar — Dasturlashga qiziqadiganlar — Hech qachon kod yozib ko‘rmagan bo‘lsa ham, o‘rganishni xohlaganlar 📌 Eng muhimi — kurs mutlaqo bepul. Saytimizda boshqa joylashuvlarda tashkil etiladigan kurslar uchun 300 000 so‘mlik to‘lov ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Agar siz 9-maktab o‘quvchisi bo‘lsangiz, ushbu narxga e’tibor bermang. Tizim sizga avtomatik ravishda 10 kunlik dasturlash kurslarini 100% bepul holatda taqdim etadi. Darslar maktab direktori va ustozlari bilan kelishilgan holda tashkil etilmoqda. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa — qiziqish va o‘rganishga tayyorlik. ⚠️Qabul cheklangan — faqat 50 nafar o‘quvchi. Agar siz ham Yangibozor tumani 9-maktabida o‘qisangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qoling. Balki bugun yozadigan birinchi "print()"ingiz kelajakdagi kasbingizning boshlanishi bo‘lar. 👨‍💻 📌Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 9-maktab, 1/201-xona ✍️Ariza qoldirish: dev-core.uz 👤Qo‘shimcha ma’lumotlar: @DevCoreHR 📞Telefon: +998777634607

September 2, 2026 15 2