Hurmatli talabalar hamda kursimiz qatnashchilari!
Avvalroq, sizlarning yakuniy imtihonlar sessiyasiga bor e’tiboringizni qaratishingiz uchun may oyi to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirgan edik.
Ma’lumki, institutimiz oldidagi soliq va boshqa moliyaviy majburiyatlar muddati yaqinlashayotgani sababli, to‘lovlar jarayonini tezlashtirishimiz zarur. Shu munosabat bilan, sizlardan quyidagilarni so‘rab qolamiz:
1. May oyi uchun to‘lanmagan qoldiq mablag‘larni joriy yilning 27-may kuni soat 13:00 ga qadar to‘liq amalga oshirishingizni so‘raymiz.
2. Agar ushbu muddat ichida to‘lovni amalga oshirishda qiyinchiliklar bo‘lsa, iltimos, zudlik bilan mentoringiz bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntiring.
To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish institutimiz faoliyatining uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Eslatma: Iltimos, to‘lovlarni kechiktirmasligingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
ARB kafedrasi Ma’muriyati va mentorlar jamoasi.
Forwarded fromTKTI DevCore hemis bot
2
2
1
1May 26, 2026 82