G'oya bor-u, qaysi tilda yozishni bilmay vaqt yo'qotganmisiz?… — DevCore — TG.ME

📱 G'oya bor-u, qaysi tilda yozishni bilmay vaqt yo'qotganmisiz? Ko'pchilik loyihani boshlashdan oldin "eng mukammal" texnologiyani qidirib oylab vaqtini o'g'irlaydi. Aslida esa haqiqiy yutuq — tezlikda! Agar siz shunchaki JavaScript emas, aynan React dasturchisi bo'lsangiz - tabriklaymiz allaqachon sizda tayyor yashirin qurol bor. Bu — Expo. Uni 1-2 kunda o'zlashtirib, g'oyangizni darhol real mahsulotga aylantirishingiz mumkin. Hozirgi bozorda ilovani tezroq ommaga yetkazish (time-to-market) hal qiluvchi rolni o'ynaydi. ⚙️ "Lekin haqiqiy, jiddiy proyektlar-chi?" Agar sizga to'liq native va apparat MACHINE darajasida ishlaydigan murakkab Android ilova kerak bo'lsa — shubhasiz Kotlin ma'qul. Lekin asosiy maqsad biznes mantiqini tezroq ishga tushirish bo'lsa, Expo'ga yetadigani yo'q. 🚀 Bunga isbot: O'zimizning DevCore ilovamiz to'liq Expo'da, backend qismi esa asosan Node.js'da yozilgan. Biz bu tanlov qanchalik to'g'ri ekanini har kuni amalda kuzatyapmiz.

July 30, 2026 79