investorlarga_koʻmak Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#investorlarga_koʻmak

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq bojxona organlariga biriktirilgan strategik ahamiyatli investitsiya loyihalarini amalga oshirilishiga koʻmaklashilmoqda.

Bojxona qoʻmitasining Tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi masʼullari tomonidan Buxoro viloyatidagi qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Xitoyning “Wengneng Environment” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning qurilish jarayonlarini boshlash uchun qator muammolar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish boʻyicha "offtake" shartnomasini tuzish, tanlangan yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini yakuniga yetkazish kabi masalalar ishlarni ortda qoldirayotganligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha mazkur yoʻnalishdagi ishlarni hal etishga koʻmaklashish maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, Hukumat komissiyasiga kiritilishi belgilandi.

Maʼlumot uchun loyihaning qiymati 140 mln AQSH dollarni tashkil etib, shundan joriy yilda 8 mln dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish belgilangan, loyihani qurish jarayonlariga shu yilning 4-choragida start berilishi rejalashtirilgan.
September 5, 2026 2K 3