bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Samarqand viloyati bojxona… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida Xitoyning “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi


Muloqot davomida viloyatda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasining joriy holati, qurilish ishlarining borishi hamda loyiha doirasida Xitoydan import qilinayotgan texnologik uskunalarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Investorlar bilan boshqarma boshligʻi Sh.Salixov uchrashib, investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishda bojxona organlarining amaliy koʻmagi borasida toʻxtaldi. Import qilinayotgan texnologik uskunalarni tezkor bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish, tovarlarning TIF TN kodlarini toʻgʻri aniqlash, bojxona tartib-taomillarini samarali tashkil etish, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy masalalarni tezkor hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida mavjud ayrim muammolarni bartaraf etish, import qilinayotgan tovarlarni belgilangan tartibda tezkor bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va investitsiya loyihasining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi.


Maʼlumotlarga koʻra, 2026-yil davomida “SUS INVIRONMENT SAMARQAND” MCHJ tomonidan qiymati 43,6 million AQSH dollariga teng, 5,9 ming tonnadan ortiq tovar-moddiy boyliklar import qilingan. Mazkur import operatsiyalari doirasida korxonaga 76,8 milliard soʻmlik bojxona imtiyozlari qoʻllanilgan.
September 5, 2026 2.3K 2