#7_kinologiya_forumi
Global kinologiya forumi — O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon!
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan VII Global kinologiya forumi nafaqat kinologiya sohasida xalqaro tajriba almashish va professional hamkorlikni rivojlantirish, balki O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi va ulkan turistik salohiyatini jahon hamjamiyatiga keng namoyon etish uchun ham qulay imkoniyat bo‘lmoqda.
Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan yuzlab delegatlar forum doirasida professional muloqotlar olib borish bilan bir qatorda, O‘zbekistonning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, milliy an’analari va zamonaviy qiyofasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Xususan, xorijiy mehmonlar bugun kun davomida Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalar, zamonaviy shahar infratuzilmasi hamda milliy hunarmandchilik va gastronomik madaniyat namunalari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
September 6, 2026 1.6K 6








