O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali: #72623-post — TG.ME

#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Sirdaryoda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan vakolatli iqtisodiy operator maqomi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
 
Unda Bojxona qo‘mitasining Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish talablari, uning doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar hamda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari haqida ma’lumot berdilar.
 
Ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 4 avgustdagi 430-son qarori bilan “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahriri tasdiqlanib, tadbirkorlar uchun qator yangi imkoniyatlar belgilandi.
 
Uchrashuvda tadbirkorlarning savol va takliflari muhokama qilinib, vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Xususan, “Mirzaobod Broyler” va “Asaka Motors International” va “Chelebi Textile” korxonalari tomonidan vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish uchun arizalar taqdim etildi. “Sirdaryo Mega Luks” korxonasi vakillariga esa qayta ariza berish tartibi tushuntirildi.

 
Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng mas’ul xodimlar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish istagini bildirgan Guliston shahridagi “Chelebi Textile” trikotaj korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxona vakillari bilan maqomni olish talablari va uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
September 5, 2026 2.1K 3