#7_kinologiya_forumi
VII Global kinologiya forumiga xorijiy mehmonlar tashrifi boshlandi.
Joriy yilning 7–9-sentyabr kunlari Toshkent shahrida ilk bor Jahon bojxona tashkilotining VII Global kinologiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli xalqaro tadbirda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sanders, 15 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Jahon bojxona tashkilotiga a’zo 50 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Forumga jami 150 nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda Forumda ishtirok etish uchun xorijiy delegatsiyalar Toshkent shahriga yetib kelishni boshladi. Xorijiy mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinmoqda.
VII Global kinologiya forumining Toshkent shahrida ilk bor tashkil etilishi O‘zbekiston bojxona xizmatining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol ishtiroki, shuningdek, mamlakatimizning kinologiya sohasida shakllangan tajribasi va salohiyatiga xalqaro miqyosda qiziqish tobora ortib borayotganining yana bir muhim ifodasidir.
September 5, 2026 2.5K 25



