Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.


