Markaziy Osiyoda tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha JSSTning yangi tashabbusi yo‘lga qo‘yildi❗️ 2026-yil 22-iyuldan boshlab Tojikistonda JSSTning Tibbiy yordam sifati va bemorlar xavfsizligi bo‘yicha Yevropa maktabi – Markaziy Osiyo uchun maxsus soni rasman o‘z ishini boshladi.
Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan ushbu Maktab tibbiy yordam sifati va bemorlar xavfsizligini oshirish sohasida bilim hamda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida sakkiz mamlakatdan 45 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi.
Hafta davomida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bosh mutaxassisi Rustam Yo‘ldoshev ekspertlar rahbarligidagi muhokamalarda, siyosiy masalalar bo‘yicha muloqotlarda, amaliy seminarlar va simulyatsiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Unda samarali boshqaruv, kuchli yetakchilik va malakali tibbiyot xodimlariga e’tibor qaratgan holda tibbiy yordam sifatiga tizimli yondashuvlar o‘rganildi.
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati