Nega “U” munosabatlarni davom ettirmaydi?
2-3 yillik munosabatlar, birga qilingan orzu-umidlar,
kelajak planlari…
Keyin esa orani ochiq qilish..
Siz siqilib, unutolmay, yig'lab yurganingizda bir narsani eshitib, hayron qolasiz. Oradan yarim yil ham o'tmay uylanib ham bo'libdi, qanday qilib bunaqa bo'lishi mumkin?! deb o'ylaysiz.
U nega bunday qildi?
Sababi oddiy edi, chunki erkaklar 2 yillab o'ylab yurmaydi, ular aslida bilishadi. Agar u o'z juftini ko'ra olsa, cho'zmaydi, ikkilanmaydi, uzoq vaqtni behuda sarflamaydi. Lekin agar 2yil davomida cho'zib, oldinga qadam tashlamay yurgan bo'lsa, u allaqachon tanlov qilib bo'lgan edi. Faqat sizni foydangizga emas!
Bu yerda savolni unga emas, o’zimizga beramiz:
U bizni juftimiz emasligini shuncha vaqt davomida nega sezmaganmiz?
Gap mana shunda. Bundan keyingi munosabatlarda ayni xatoni takror qilmaslik uchun:
1. Muhabbat bu harakatdir. Agar u hakatga sabab bo’lmayotgan bo’lsa, o’lik hisoblanadi.
2. Agar qarshimizdagi erkak qaror qabul qila olmay cho’zsa, u allaqachon o’zi uchun qaror qabul qilib bo’lgan. Bu yerda cho’zayotgan aslida bizni o’zimiz.
3. Bizga har xil sabablarni aytib, hozir pul topishim kerak, uy olishim kerak, ishlarim ko’p… deb manipulyatsiya qilib vaqt o’tkazib yurgan bo’lsa bu uni muammosi. Qachon tayyor bo’lsa kelsin, ungacha aloqalarni kesish kerak. Uni o’ylab, “qulay,yaxshi” qiz bo’lib yurganga bir kun kelib hech kim “Rahmat siz tushunib uni shuncha kutibsiz-a!” deb haykal qo’ymaydi.
4. Biz hal qilinmasdan yurgan munosabatlardan nima ehtiyojimizni to’ldiryapmiz?
Mana shuni tushunsak, kim bilan, qanday munosabat qilish kerak ekanini ancha farqiga borib qolamiz.
Nozik xilqat
2
1March 8, 2025 321 5