Bu ulkan baxtsizlik va musibat seni o'ziga chorlab turgan bo'lsa, nega xursand bo'lasan, kulasan va behuda narsalar bilan mashg'ul bo'lasan. Balki, bugun (o'lim) hujumiga duch kelarsan yoki ertaga. O'limni uzoq deb ko'ryapsan, deb o'ylayman, vaholanki, Alloh uni yaqin deyapti-ku, bilmaysanmi? Kelishi anniq bo'lgan barcha narsa yaqin, umuman kelmaydigan narsa esa uzoq deyiladi. Bilmaysanmi, o'lim kutilmaganda keladi, oldindan elchi yuborib ogohlantirmaydi, sen bilan kelishib va'dalashib o'tirmaydi. U yozda keladi, qishda kelmaydi, kunduz keladi, kechasi emas, yoshlarga keladi, qarilarga kelmaydi, degan gap yo'q. Balki har bir nafas orasida kutilmaganda o'lim kelishi ehtimolli narsadir. Agar kutilmaganda o'lim kelmasa, seni xayolingga ham kelmay turgan vaqt bir kasallik keladi va u o'limga eltib boradi. Nega o'limga tayyorgarlik ko'rmaysan, u senga eng yaqin narsa-ku.
Davomi bor
@Muhibbatun
