Moon 🌙: post #3498 — TG.ME

Forwarded fromMUMuhibbatun | Muannas
Ey nafs, agar Alloh ko'rmaydi, degan etiqod bilan gunoh qilayotgan bo'lsang, bu kufringdan ulkan kufr yo'q va agar u ko'rib turadi, degan tushunchang bilan jur'at etayotgan bo'lsang, unda surbetliging va hayosizligingni chek-chegarasiz. Holingga voy bo'lsin, ey nafs, agar birodaringdan birortasi g'azabingni keltiradigan biror-bir ish qilsa, unga nisbatan g'azabing va noroziliging qanday bo'ladi!? Qaysi jasorat bilan Allohning g'azabi va qattiq jazosiga jur'at qilyapsan? Uning azobiga toqatim yetadi, deb o'ylayapsanmi? Muncha ham nodonlik!
O'zingni bir sinab ko'r. Agar kibring azobining alamidan chalg'itayotgan bo'lsa, quyoshda yoki issiq hamomda biror soat tur, yo esa barmog'ingni olovga yaqinlashtir, toki toqating qanchaligini aniqlashtirib olasan.

Davomi bor✍️

@Muhibbatun
🔥1🌚1
April 27, 2025 567 7