Shu videoni chiqarishdan oldin 1 oy davomida umuman shakar iste’mol qilmaganman. O’sha payt bu chellenj hayotimdagi eng uzun chellenjlardan biri bo’lgan.
Umuman olganda ko’pchilik insonlar manashu videoni ko’rib shakardan uzoqlashgani yoki butunlay voz kechganini aytishadi. Bundan men xursand bo’laman.
Kimdir kelib sizga, butun umr charchoq, diqqat ushlolmaslik, kayfiyat o’zgaruvchanligidan qiynalib kelganman lekin sizning shakar haqidagi videoyingizdan keyin shakardan voz kechdim va hammasi joyiga tushdi desa o’zingizni qanday his qilasiz?!
Videoda faqat nazariya emas, shaxsiy 30 kunlik shakarsiz chellenj tajribam bilan boʻlishganman. 30 kun davomida nimalarni his qildim, qanday qiyinchiliklarga duch keldim va yakunda qanday natijaga erishganimni videoda batafsil koʻrishingiz mumkin.





