Telegram kanaldagi so’rovnomada 44% odam hayotini o’zgartiradigan… — Abdusattor — TG.ME

Abdusattor
Telegram kanaldagi so’rovnomada 44% odam hayotini o’zgartiradigan keskin qaror qabul qilishni istagani lekin komfort zonasidan chiqolmagani haqida ovoz berishgan.

Psixologiyada bu Yo‘qotishdan qo‘rqish nazariyasi deyiladi. Ya’ni yo‘qotilgan $100 dollarning hissi, to‘satdan topib olingan $100 dollarning quvonchidan kamida 2 baravar kuchliroq bo‘ladi.

Bunga yana bir misol ota-onalarimiz 90-yillardagi inqirozlar yoki valyuta tebranishlarini ko‘rishgan. Ularning miyasida "Borini yo‘qotib qo‘ymaslik" instinkti shunchalik kuchli shakllanganki, buning ta’siri farzandalarga ham o‘tgan.

"Tinchgina kafolatlangan davlat ishida ishla", “Nima bo’lsa ham diplom olish kerak” kabi maslahatlar manashu yo’qotishdan qo’rqish nazariyasining namunasi.

Inson ko‘pincha "Men risk qilmadim, demak hech narsa yo‘qotmadim" deb o‘ylaydi. Aslida har kuni "xavfsiz" qarorlarni tanlash qisqa muddatda hech narsa yo‘qotilmagandek tuyuladi, lekin 10-20 yil o‘tgach, inson o‘zining haqiqiy potensiali va imkoniyatlaridan foydalanmaganini tushunib yetadi.

Shuning uchun yangi kasb va ko’nikmalarni o’rganish, hayotida yangi tajribalarni sinab ko’rish insonning potensialini yuzaga chiqarishga katta yordam beradi.

Biz bu mavzu haqida Maqsad klubimizdagi “O’zgarish uchun kerak bo’lgan asosiy nazariya” darsida ham gaplashganmiz.
5🏆431
August 30, 2026 16.7K 79