Negadir topadigan pulimizga ikki xil munosabatda bo’lamiz. Oylik maoshni rejalashtirib ishlatamiz, lekin premiya yoki sovg‘a qilingan pulni "tekin pul" deb o’ylaymiz. Mantiqan ikkalasi ham bir xil xarid kuchiga ega. Lekin “tekin pullar” kelganda ongimiz bizni keraksiz xarajatlarga undaydi.
Har oy maosh yoki asosiy mehnatingiz evaziga keladigan pulni ishlab topish qanchalik qiyin bo‘lganini miya yaxshi biladi, shuning uchun uni juda ehtiyotkorlik bilan rejalashtiradi va tejaydi.
Premiya, lotereya yutug‘i, sovg‘a yoki kutilmaganda qaytgan eski qarz uchun miya zo‘riqmagani uchun uni "tekin imkoniyat" deb baholaydi va bir lahzalik qarorlar bilan keraksiz narsalarga ishlatishga tayyor turadi.
Shu joyda vijdonni oqlaydigan "Baribir bu pul mening oylik rejamda yo‘q edi!" degan fikr uyg‘onadi. Aynan shu fikr keraksiz xarajatlar uchun yashil chiroq yoqib beradi.
Aslida rejada bo’lmagan pulga sarflash maqsadida emas, jamg‘armani kattartirish maqsadida berilgan imkoniyat deb qarash kerak.
O’zimning tajribamdan kelib chiqsak, man ham kutilmaganda kelgan pullarni oson ishlatib yuborardim. Keyin o’tirib hisoblasam o’sha pullarning 90% keraksiz narsalarga sarflanganini tushunardim. Pulni jamg’arishga keladigan bo’lsak, naqt yoki plastikda pul yig’ishni jamg’arma deb o’ylamayman. Chunki nafsim istagan vaqtda u pulni oson ishlataman.
Shuning uchun ham har kuni kunlik harajatlarimdan ortgan pulni oz miqdordan bo’lsa ham Imanum’ga investitsiya qilib boraman. Imanum’dagi pul man uchun begona pul desam ham bo’ladi.
U yerdagi jamg’armam Islom moliyasi asosida har doim ko’payib boradi. Agar hayotimda o’sha mablag’ga haqiqatan ham qattiq ehtiyoj sezsam undan foydalanishim mumkin. Lekin shu vaqtgacha bunga ehtiyoj sezmadim.
Pul jamg’arish uchun katta pul bo’lishi ham shart emas. Kuniga 100-200 ming so’mdan ham ajratib yurish mumkin. Asosiysi shu odatni shakllantirish.
3
405
405August 30, 2026 14.3K 86