Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh… — Abdusattor — TG.ME

Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi.

AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi.

Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi.

Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi.

To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni yechish, ilmiy tahlil va jamiyatda insonlar bilan qanday muloqot qilish ko’nikmalari ham o’rgatiladi.

Hozir man sizga tavsiya qiladigan videoda manashu mavzu yoritilgan. Videoda oliy ta’limning asl funksiyasi, mehnat bozorining bugungi real talablari, universitet faqat mutaxassislik emas, balki shaxsiy rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar eklanligi tushuntirilgan.

📹: https://youtu.be/ZdQz0satAmI?si=Lmfqj_MO_UKRXU4f
13🏆433
August 11, 2026 45K 287