Maqsad klubidagi Yurish sizni qutqaradi darsligimizda yurishning juda ko'p foydalari haqida gapirganman. Undan tashqari bir necha oy oldin har kuni 15 ming qadam yurish chellenjini ham qilgan edik. Yaqinda yurish haqida yana bir qiziq tadqiqot o'qib qoldim.
Miyamizda gippokamp deb nomlanuvchi xotira va oʻrganish markazi bor ekan. Inson 50 yoshdan oshgandan keyin bu markaz har yili tabiiy ravishda taxminan 1-2’ga kichrayib borar ekan. Bu kichrayish altsgeymer, xotira yoʻqolishi hamda kundalik narsalarni unutish xavfini oshirarkan.
Olimlar yoshi kattaroq 120 nafar koʻngillini 1 yil davomida ikkita guruhga boʻlib kuzatishibdi:
1-guruh: Haftasiga bir necha marta muntazam, oʻrtacha tezlikdagi piyoda yurish bilan shugʻullangan.
2-guruh: Faqat choʻzilish va yengil gimnastika mashqlari bilan shugʻullangan.
Natijada oddiy choʻzilish mashqlarini qilganlarda gippokamp kichrayishda davom etgan. Lekin muntazam yurgan guruhda gippokamp hajmi 2 foizga KATTALASHGAN. Ya’ni yurish miyani 1-2 yoshga yoshartirgan.
Tadqiqotda 55 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan insonlar qatnashgan. Lekin yoshingiz nechida boʻlishidan qat'i nazar, muntazam piyoda yurish tanangiz, miyangiz va umumiy hayotingiz sifatini oshirishi aniq.

5
594
594August 10, 2026 38.9K 262