Oldin Maksam Chirchiq zavodida ishlab yurgan paytim 800 ming so’m… — Abdusattor — TG.ME

Oldin Maksam Chirchiq zavodida ishlab yurgan paytim 800 ming so’m oylik olardim. Keyin qo’shimcha ish topib uyoqdan 2 mln so’m daromad olishni boshlaganman. O’sha vaqtda endi umuman pulga muhtoj bo’lmayman, rostdan ham boyishni boshladim deb o’ylaganman.

Bo’lmasa bor yo’g’i oyiga 2 mln 800 ming topganman. O'sha vaqtdan beri daromadim yildan yilga ortaverdi va nafaqat 2 mln 800 balki oyiga 50-60 mln topsam ham boy bo'lolmasligimni tushunganman.

Chunki shaxsan men pul sarflashda ancha qo'li ochiq inson bo'lganman. 10 mln topsam 10 mlnga yashaganman 20 mln topsam 20 mlnga. Lekin bu juda ham notog'ri yondashuv bo'lgan.

Daromad ortgan sari yashash standarti ham ortadi lekin ular bir biri bilan teng bo'lmasligi kerak. Bugun 10 mlnga yashab turib 20 mln topishni boshlash bilan 20 mlnga yashamaslik kerak. Doim ma'lum bir mablag'ni alohida ajratish kerak.

Va men pul yig'ish uchun eng yaxshi variant deb Imanum'ni bilaman. Chunki Imanum investitsiya uchun juda qulay va zamonaviy yechim taklif qiladi. Buning ustiga yig'ilayotgan mablag' Islom moliyasi asosida ko'payib boradi.

Misol uchun shaxsan o’zimning Imanum’ga 3 yil oldin kiritgan sarmoyam shu 3 yilda 70%’dan ko’p ortdi. Albatta bu sarmoyam unchalik katta summa emas edi lekin shu mablag’ qaysidir ikkilamchi xarajatga ishlatilish o’rniga yildan yilga ko’paydi. Manashuning o’zi pul yig’ishga bo’lgan motivatsiyani yanada oshiradi.
2🏆879
July 27, 2026 48.3K 138