Biz aqli va bilimi yuqori insonlar kamroq xato qiladi deb o'ylaymiz… — Abdusattor — TG.ME

Biz aqli va bilimi yuqori insonlar kamroq xato qiladi deb o'ylaymiz. Lekin mantiq va neyropsixologiya boshqa narsani ko'rsatadi.

AQSh psixologlari buni "Intellektual xatolik" (IQ Trap) deb ataydi. Yuqori IQ'ga ega insonlar ham oddiy odamlar kabi mantiqsiz va noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi. IQ ma'lumotni qayta ishlash tezligi xolos, u qarorlarning to‘g‘riligiga kafolat bermaydi.

Oddiy inson noto‘g‘ri qaror qabul qilsa, buni tezda sezishi mumkin. Lekin o‘ta aqlli va bilimli inson o‘zining noto‘g‘ri fikrini shunday kuchli mantiq va dalillar bilan oqlab beradiki, hatto o‘zi ham o‘z yolg‘oniga chin dildan ishonib qoladi. Chunki o'zining xato fikrini oddiy insondan ko'ra ancha ishonchli, mantiqli va chiroyli dalillar bilan oqlab bera oladi.

Biror bir sohada chuqur bilimga ega bo‘lish "Men hammasini bilaman va adashmayman" degan illyuziyani beradi. Bu narsa insonni yangi signallar yoki ogohlantirishlarni mensimaslikka olib keladi.

Jamiyat "u dotsent, olim yoki mashhur ekspert, demak u adashmaydi" deb o‘ylaydi. Natijada ularning hatto ochiq-oydin xatolari ham yillar davomida tanqid qilinmaydi va tizimli krizislarga olib keladi.

Masalan butun dunyo tibbiyot ekspertlarining tavsiyasi bilan sog’lom ovqat deb yog‘siz shakar va uglevodli ovqatlar targ’ib qilingan. Natijada so‘nggi 40-50 yil ichida butun dunyo bo‘ylab semizlik va 2-tur diabet epidemiyasi yuzaga kelgan. Lekin 50 yildan keyin qora ro’yxatdagi zaytun yog‘i, yong‘oqlar, avokado kabi mahsulotlar foydali ekanligi tan olindi.

Biror bir shaxsning ilmiy unvoni, lavozimi yoki mukofotlari uning fikrini avtomatik ravishda "haqiqat"ga aylantirib qo‘ymaydi. Jamiyat har qanday ekspertning fikrini shaxsiga qarab emas, faqat tekshirilgan dalillar, takroriy tajribalar va ochiq tanqidiy fikrlash orqali qabul qilishi kerak.
5🏆813
July 22, 2026 54.3K 188