Menimcha bu ham tez orada oʻtib ketadi. Miyamdan toʻliq oʻchib ketsa ham mayli. Qisqacha mazmun qanday boʻlardi? Xullas, koʻpchilik kabi men ham koinotga, ayniqsa quyosh sistemasiga juda qiziqaman. Koinotda biz bilgan, bilmagan, faktlarga yoki ehtimoliy farazlarga asoslangan hodisalar judayam koʻp sodir boʻlgan va sodir boʻlib kelmoqda. Yer aslida biz bilgandek koʻrinishda emas, qizgʻish vulqonlardan iborat boʻlganini bilarmidingiz? Uning "egizak" sayyorasi boʻlganini-chi? Unda yer qanday qilib bu koʻrinishda? "Failed star" atamasi qaysi sayyoraga va nima uchun ishlatilishini bilasizmi? Oy qayerdan kelib qolgan? Marsda ilgari suv boʻlgan, nega hozir yoʻq? Nega Pluton sayyoralar safidan chetlashgan? Xullas hammasiga dramatik tarzda javob boʻladigan asar boʻlishi kerak edi. Yani sayyoralar odam koʻrinishida. Biroz drama va romantika, balki tragediya ham boʻlar. Boʻlishi aniq, chunki sistema faqat 2025-yilgacha emas, eng zoʻr koinot voqealari 2030 va undan keyin boshlanadi...
Menimcha bu ham tez orada oʻtib ketadi. Miyamdan toʻliq oʻchib ketsa… — ✎𝑾𝒐𝒓𝒍𝒅 𝒐𝒇 𝑫𝒂𝒔𝒉𝒂 ♡ — TG.ME
July 29, 2025 883 4