O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi.
🎓 Mashg‘ulot davomida fakultet dekani I. Bazarov tomonidan talabalarga oliy ta’lim muassasasida amal qilinadigan odob-axloq qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari, fakultet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish hamda universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.
🤝 Shuningdek, fakultetda Yoshlar ittifoqi faoliyati, uning talaba-yoshlar hayotidagi o‘rni, turli loyihalar, tadbirlar va tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren
10
1
1September 8, 2026 3K 2



