🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI TANTANALI BOSHLANDI!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎓 Tadbirda Angren shahar hokimi o‘rinbosari A. Parpiyev, faxriy ustozlar, ota-onalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Angren fakulteti dekani ochib berib, barchani mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalarini yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga o‘qishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
🌟 Tadbir davomida universitetga yuqori natijalar bilan qabul qilingan hamda kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan talabalar munosib ravishda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
🎉 Barcha talabalarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren