Psixoprofilaktik uchrashuv tashkil etildi 7-sentabr kuni O‘zbekiston… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Psixoprofilaktik uchrashuv tashkil etildi

7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Birinchi kurs maktabi” doirasida talabalar bilan psixoprofilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva, universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori M. Nurmuhammedova hamda 1-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi M. Bo‘riyev ishtirok etdi.

Psixoprofilaktik uchrashuv davomida talabalarga oliy ta’lim muhitiga moslashish, yangi ijtimoiy muhitga integratsiyalashuv, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda psixologik barqarorlikni ta’minlashga oid zarur ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar turar joyida belgilangan tartib-qoidalar, ichki intizom me’yorlariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat tamoyillari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida birinchi bosqich talabalarining yangi muhitga moslashuv jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik holatlar, jumladan, emotsional zo‘riqish, stress, xavotir va ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklar hamda ularni samarali boshqarish usullari haqida fikr almashildi.

Yakunda talabalarni yangi ta’lim va ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashtirish, ularning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤12🔥4
September 9, 2026 4.1K 1 10