Xalqaro jurnalistika fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Xalqaro jurnalistika fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun universitet bosh binosiga tanishtiruv sayohati tashkil etildi.

Sayohat fakultet tyutori Sevara Ochilova boshchiligida o‘tkazilib, talabalar universitetdagi ta’lim muhiti, yaratilgan sharoitlar hamda bosh binodagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, Axborot-resurs markaziga tashrif buyurilib, talabalarga markaz faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi va a’zo bo‘lish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur tanishtiruv talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga xizmat qildi.
❤2
September 9, 2026 1.4K 1