Kredit-modul haftaligi doirasida talabalarga o‘quv jarayonini tashkil etish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda ijro intizomi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, ta’lim sifati, o‘quv-uslubiy ishlar va fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi talabalarning universitet hayotiga tez moslashishi hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.








