8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada Aslonova Husnida Botirjon qizining 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy koreys va o‘zbek tillarida ijobiy va salbiy emotsiyani ifodalashning semantik gradatsiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tadqiqotda zamonaviy koreys va o‘zbek tillarida ijobiy hamda salbiy emotsiyalarni ifodalovchi til birliklarining semantik xususiyatlari, ularning ma’no darajalari va gradatsion jihatlari qiyosiy-chog‘ishtirma nuqtayi nazardan tahlil qilingan.
Ilmiy muhokama davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, tadqiqot natijalarining ilmiy asoslanganligi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadqiqotning ayrim jihatlarini takomillashtirish, ilmiy xulosalarni yanada asoslash hamda dissertatsiya ishini belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan fikr va tavsiyalarni inobatga olish ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt









