🚨 EDISU 2026/27’dan muhim yangilik: Endi Type D vizani ham yuklash talab qilinadi! 🇮🇹
Bu yilgi EDISU bandoida O‘zbekistonlik talabalar uchun muhim o‘zgarishlardan biri kiritildi.
🛂 Endilikda Italiyaga yangi kelayotgan non-EU talabalar EDISU stipendiyasiga ariza topshirganda Type D (Student Visa) nusxasini ham EDISU tizimiga yuklashlari kerak.
Kimlarga tegishli?
✅ O‘zbekistondan 2026/27 o‘quv yili uchun:
Bakalavr;
Magistratura;
Single-cycle (masalan, Medicine) birinchi kursiga kelayotgan talabalar.
⚠️ Bu talab Italiyada allaqachon o‘qiyotgan aksariyat talabalarga emas, yangi kelayotgan talabalarga tegishli.
Viza hali chiqmagan bo‘lsa-chi?
Ko‘pchilik o‘ylagandek, vizani kutib EDISU arizasini kechiktirish shart emas.
Siz EDISU arizasini o‘z vaqtida topshirasiz va tizimda:
✅ “Vizaga ariza topshirdim, viza chiqqach yuklayman.”
degan variantni tanlaysiz.
Viza chiqqandan keyin esa uni EDISU shaxsiy kabinetidagi maxsus “Visa” bo‘limiga PDF formatida yuklaysiz.
❗ Eng muhim ogohlantirish
Type D vizani:
❌ Email orqali yuborib bo‘lmaydi.
❌ Ticket orqali yuborib bo‘lmaydi.
❌ Konsullik hujjatlari bilan birga pochta orqali ham yuborib bo‘lmaydi.
✅ U faqat EDISU portalidagi maxsus “Visa” bo‘limi orqali yuklanadi.
Vaqtida yuklamasangiz nima bo‘ladi?
Bu eng muhim qism.
Agar barcha hujjatlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, oilaviy daromadingiz ham stipendiyaga mos kelsa, ammo Type D vizani belgilangan muddatda yuklamasangiz, EDISU arizangiz “No Visa” sababi bilan rad etilishi mumkin va stipendiya hamda yotoqxona huquqidan mahrum bo‘lishingiz ehtimoli bor.
📌 Xulosa: Bu yilgi EDISU bandoidagi eng muhim yangiliklardan biri aynan Type D vizani EDISU portaliga alohida yuklash talabi bo‘ldi. Shuning uchun vizangiz chiqqach, uni faqat pasportingizda saqlab qo‘ymang — EDISU tizimiga ham o‘z vaqtida yuklashni unutmang.
Sizga foydali bo’ldi deb o’ylagan bo’lsez hursandmiz.