Student Help Italy: post #2151 — TG.ME

Student Help Italyfile.pdf
🚨 EDISU 2026/27’dan muhim yangilik: Endi Type D vizani ham yuklash talab qilinadi! 🇮🇹

Bu yilgi EDISU bandoida O‘zbekistonlik talabalar uchun muhim o‘zgarishlardan biri kiritildi.

🛂 Endilikda Italiyaga yangi kelayotgan non-EU talabalar EDISU stipendiyasiga ariza topshirganda Type D (Student Visa) nusxasini ham EDISU tizimiga yuklashlari kerak.

Kimlarga tegishli?

O‘zbekistondan 2026/27 o‘quv yili uchun:

Bakalavr;
Magistratura;
Single-cycle (masalan, Medicine) birinchi kursiga kelayotgan talabalar.

⚠️ Bu talab Italiyada allaqachon o‘qiyotgan aksariyat talabalarga emas, yangi kelayotgan talabalarga tegishli.

Viza hali chiqmagan bo‘lsa-chi?

Ko‘pchilik o‘ylagandek, vizani kutib EDISU arizasini kechiktirish shart emas.

Siz EDISU arizasini o‘z vaqtida topshirasiz va tizimda:

“Vizaga ariza topshirdim, viza chiqqach yuklayman.”

degan variantni tanlaysiz.

Viza chiqqandan keyin esa uni EDISU shaxsiy kabinetidagi maxsus “Visa” bo‘limiga PDF formatida yuklaysiz.

Eng muhim ogohlantirish

Type D vizani:

Email orqali yuborib bo‘lmaydi.
Ticket orqali yuborib bo‘lmaydi.
Konsullik hujjatlari bilan birga pochta orqali ham yuborib bo‘lmaydi.

U faqat EDISU portalidagi maxsus “Visa” bo‘limi orqali yuklanadi.

Vaqtida yuklamasangiz nima bo‘ladi?

Bu eng muhim qism.

Agar barcha hujjatlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, oilaviy daromadingiz ham stipendiyaga mos kelsa, ammo Type D vizani belgilangan muddatda yuklamasangiz, EDISU arizangiz “No Visa” sababi bilan rad etilishi mumkin va stipendiya hamda yotoqxona huquqidan mahrum bo‘lishingiz ehtimoli bor.

📌 Xulosa: Bu yilgi EDISU bandoidagi eng muhim yangiliklardan biri aynan Type D vizani EDISU portaliga alohida yuklash talabi bo‘ldi. Shuning uchun vizangiz chiqqach, uni faqat pasportingizda saqlab qo‘ymang — EDISU tizimiga ham o‘z vaqtida yuklashni unutmang.


Sizga foydali bo’ldi deb o’ylagan bo’lsez hursandmiz.
👍2🔥2
July 21, 2026 699 11