🚨 EDISU Piemonte 2026/27 stipendiyasi e’lon qilindi! 🇮🇹
Yangi EDISU Piemonte 2026/27 bandoi rasman chiqdi. O‘tgan yilga nisbatan bir nechta muhim o‘zgarishlar bor. Agar Italiyada o‘qishni rejalashtirayotgan yoki hozir talaba bo‘lsangiz, albatta bilib qo‘ying. 🇮🇹✨
🔥 Nimalar o‘zgardi?
💰 1. Stipendiya miqdori oshirildi
Bu yil stipendiya summalari yangi hukumat qaroriga muvofiq yangilandi. Demak, talabalar o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq stipendiya olishlari mumkin.
🎓 2. Part-time talabalar uchun ham qo‘shimcha semestr
Endilikda qo‘shimcha semestr (additional semester) imtiyozi faqat full-time emas, part-time talabalar uchun ham amal qiladi (talablar bajarilganda).
📚 3. Ikkinchi kurs (second course) uchun 20% qo‘shimcha alohida to‘lanadi
Oldin asosiy stipendiya bilan birga berilgan qo‘shimcha summa endi alohida to‘lov sifatida yuboriladi.
🏆 4. Degree Award bo‘yicha yangi tartib
Bitiruv mukofoti (Premio di Laurea) endi barcha stipendiya olishi kerak bo‘lgan talabalar moliyalashtirilgandan keyin, mablag‘ qolsa beriladi.
🛂 5. Xalqaro talabalar uchun yangi talab
Ayrim xalqaro talabalar stipendiyaga ariza topshirayotganda Type D student visa nusxasini ham yuklashlari kerak bo‘ladi.
📄 6. Konsullik hujjatlari bo‘yicha yangi qo‘llanma
EDISU xalqaro talabalar uchun Annex F nomli alohida qo‘llanma chiqardi. Unda qaysi davlat organlari bergan hujjatlar EDISU tomonidan qabul qilinishi batafsil tushuntirilgan.
📅 7. Ariza topshirish sanalari
🗓 22-iyul – 4-sentabr 2026 (Italiya vaqti bilan soat 12:00 gacha).
⚠️ Oxirgi kunni kutmang! Hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo‘ysangiz, xatolik va shoshilishlarning oldi olinadi.
1
1July 21, 2026 627 1 16