ECAMPUZ: post #455 — TG.ME

📘 Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari koordinatorlaridan amaliy maslahatlar tadbir tashkil etildi

2026-yil 8-yanvar kuni “O‘zbekistondagi tajribali grant egalari va CBHE loyiha koordinatorlaridan foydali maslahatlar” mavzusida metodologik uchrashuv Turin Politexnika Universiteti (TTPU) da muvaffaqiyatli tashkil etildi.

🫥 Sessiya davomida tajribali Erasmus+ Oliy Ta’limda Salohiyatni Oshirish (CBHE) loyiha koordinatorlari va grant egalari:
🔹Avval topshirilgan va amalga oshirilgan CBHE loyihalari tahlili
🔹Loyiha takliflarining dolzarblik (relevance) qismi bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar
🔹O‘zbekistondagi CBHE loyihalarining yutuqlari, muammolari va o‘rganilgan saboqlar bilan o‘rtoqlashdilar.


Tadbirda DEBSEUZ, MECAS, DIANA, SPACECOM, QUARTZ, GreenENGINE, EMPOWER, ECAMPUZ, UzMedEn va Cyber4CA kabi CBHE loyihalari koordinatorlari ma’ruzalari tinglandi.

🎥 Uchrashuvni o‘tkazib yubordingizmi? To‘liq videoyozuvni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin:
🟥 https://youtu.be/UaWqMHzLieg

Batafsil 👈

🔁 English

🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
January 12, 2026 351