Norin tuman IM: post #6059 — TG.ME

#Norin_IM
#Pedagogik_kengash

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSAD VA REJALAR!

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026–2027-o‘quv yilining 1-Pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashni maktab direktori A.Xalmatov ochib berdi. Kengash davomida 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, o‘quvchilarning natijalari hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yili uchun belgilangan maqsad va rejalar muhokama qilinib, oldinda turgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.

2026-2027-oʻquv yili barchamizga omadli boʻlsin!

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2026 .
FacebookTelegram |You Tube | Instagram
👍4👏1🕊1
August 29, 2026 446 4