Norin tuman IM: post #6058 — TG.ME

Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
 
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
 
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
 
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
 
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
 
Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
❤2🔥2👍1
August 28, 2026 505