Shahar. Uy. Ishxona. Egizak kunlar,
Nuqul vaqt o'ynatar boshimda qamchi.
Umidim Sizifning toshidek qular,
Tag'in chorlayverar dunyo –aldamchi.
Yashayman–ongimda bodraydi savol,
Isyonim yoyilar ko'zimdan sizib.
To'satdan umrimda ro'y berib bahor,
To'satdan borliging qolgandek sezib.
G’irrom o’yinlarni tark etolsaydim,
O’zimni asrashga jur’atim yetsa.
Borim ehson qilib, so’ramay qaytim,
Ketish kerak paytda mardona ketsam.
Ammo bir vatansan nochor va abgor,
Yoding qumsayurman olamlar kezib.
Bir kuni umringda ro’y berar bahor,
Bir kuni borligim qolasan sezib.
Xudo rahmat qilsin meni o’shanda…
