asardan_iqtiboslar ​​Jonivorlar bilan ishlashning mushkuli yo'q… — INTERPRETATSIYA — TG.ME

#asardan_iqtiboslar

​​Jonivorlar bilan ishlashning mushkuli yo'q, ularning egalariga gap uqtirish qiyin.

Tovushlar chindan bo'lishi mumkin, lekin biz hammamiz ham ularni eshitavermaymiz.

O'zingizniku ikki dunyoda majburlab sevdira olmaysiz.

Agar sen topmasang seni topadilar.

Muattar atir hidi masrurlik hidiga o'xshaydi.

Ko'nglingda ishq bilan bu dunyoda yashab o'tish ancha oson.

Ishq degani xavfli bir tuzoq.

Bu dunyoda muhabbatsiz yashab o'tish mumkin.

Jonivorlar chuvvosida hayvonotning insonga muhabbatini ifodalovchi hamma tovushlar muhayyo.

Qamchi bilan muhabbat qozona olmaysan.

Faqat vrachgina xonaning havosiga qarab unda o'limga olib boradigan og'ir hastalik borligini topadi.

Bizning mushkul hayot yo'llarimizda sevish bag'oyatda og'ir ish.

Muhabbat xotirasidan shifo topmaydigan jarohat bo'lmaydi. G'ussa bo'lmaydi. G'am bo'lmaydi.

Tibbiyot ojiz qolgan chog'da Xudoga tavallo qilmoq kerak.

Qanday qilib Xudoni yaxshi ko'rmay turib bu yorug' dunyoda biror narsani yaxshi ko'rib bo'larkan?

Vrachlar ko'pincha o'z xonadonidagi hastalikni sezmay qolishadi.

Ozg'in ayollar g'am chekkanida juda ayanchli bo'ladilar, lekin dunyoda g'ussaga botgan semiz ayoldan ko'ra ayanchlirog'i bo'lmaydi.

Kimda-kim boshqa mahluq uchun ma'suliyatni bo'yniga olishga jazm qilsa, dunyo unga nisbatan dushman bo'larkan qolarkan.

Agar bu dunyoda haqiqat, shavqat, ma'no borligini bilganimda men uning huzuriga to'rt oyoqlab emaklab borgan bo'lardim.

Dengizni yaxshi ko'rib, tog'larni yoqtirmaslik mumkin emas. Yoz kunlarini yaxshi ko'rib, yomg'irni yomon ko'rib bo'lmaydi. Qushlarni jondan ortiq ko'rib, baliqlardan nafratlanishning imkoni yo'q.

Axir ateizm deganining jazosi o'zi bilan birga bo'ladi. Xudoga ishonmaydigan odam o'zini o'zi qamchilaydi va hech narsa bilan yordam berib bo'lmaydi.

Xotinlarning muhabbati tamom boshqada, ayol kishi sevsa dag'dag'a qilmaydi, bardoshli bo'ladi, gunohlaringni kechiradi, avaylab asraydi, ehtiyot qiladi.

Ayni boshga kulfat tushganda ikkovlari - ota ham, ona ham kerak bo'ladi. Har qaysisining o'rni boshqa. Ota kuch bag'ishlaydi, ona dardini tushinib, taftini oladi.

Mehrni esa sira ayamaslikni tavsiya qilaman. Bu bolalar uchun ham, ayollar uchun ham, biz erkaklar uchun ham, hayvonlar uchun ham eng yaxshi dori.

Gap felu atvordagi tafovutda emas. Bu dunyo o'zi shunaqa, u ma'noyu mazmundan mahrum, uni boshqarib bo'lmaydi, shundoq bo'lgach odamlarni g tabiatlari, felu atvorlari o'rtasida muqarrar tarzda o'tib bo'mas jarliklar hosil bo'ladi.

Hidlar tovushlardan ham ko'proq yaxshi yomon xotiralarni qo'zg'aydi. Bir zamonlar nimadan xursand bo'lganing yoki nimaga achchig'ing kelganini esingda bo'maydi, ammo bir hidni tuyasanu yana nimadandir xursand bo'lasan yohud bir nimalarga achchig'ing keladi.

Sen agar xotin kishini yaxshi ko'rsang, tunni ham, yulduzlarni ham, shu ayol nafas oladigan havoni ham, uning sochlarini nurlantirib turgan quyoshni ham yaxshi ko'rishing kerak. Bo'lmasa yaxshi ko'rganda ko'tarib keladigan dala gullarini sevmaslik, shu qiz sudrab yuradigan ko'ppakni yuhud qo'kidan qo'ymay ko'tarib yuradigan mushukni yaxshi ko'rmaslik mumkin emas. Uni sevsang hatto uning oddiy chitdan tikilgan fartugini ham sevasan.

Qiz bola bilan mushuk bir birga o'xshab ketadi. Qiz bolalarning ham o'z sirlari bo'ladi, go'yo ular bir narsalarni bilardiyu aytmaydilar, ular hayol surishga moyi. Nihoyat ular ham kattalarga sinchiklab, tushinib bo'maydigan tarzda qarashadi. Agar siz qiz bola bilan birga yashagan bo'sangiz ularning ne chog'li o'jar ekanini, o'lguday erksevarligini, bo'lar bo'lmas ta'qiqlar ularga kor qilmasligini, ularga qarab turib alla qayerga o'z dunyolariga sho'ng'ib ketishlarini yaxshi bilasiz.

"Tomasina" Pol Gelliko

📖 INTERPRETATSIYA
June 18, 2026 285