Arazlama, xoʻp jonim! Jon desang jondan ortiq Sevamanda ko'p jonim… — ✍️Farhod Moʻmin — TG.ME

Arazlama, xoʻp jonim!


Jon desang jondan ortiq
Sevamanda ko'p jonim
Har narsaga o'zingcha
Arazlama, xop jonim

Bir sani jondan suyib
Hajringda ketdim kuyib
Indamay qovoq quyib
Arazlama, xop jonim

Ko'zing olma ko'zimdan
Yaxshisi yo'q o'zimdan
Yaxshi yomon so'zimdan
Arazlama, xop jonim

Nozlari bir bo'lakcham
Muhabbatga yo'lakcham
Kuyib ketdi yurakcham
Arazlama, xop jonim

Hijronlarga to'ldirib
Umidlarim o'ldirib
Bo'larimni bo'lidirib
Arazlama, xop jonim

Dardim uzun toladay
Yuragimda boladay
Har gapga yosh boladay
Arazlama, xop jonim

Izingdan yurib yurib
Ketdiku tinkam qurib
Jahl bilan lab burib
Arazlama, xop jonim

Ozoring tugun tugun
Ohimdan chiqar tutun
Yarashaylik kel bugun
Arazlama, xop jonim.

+998906783795
+998996683795.

(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)

Farhod Moʻmin. 20.07.2026 yil.
❤1
August 26, 2026 132 3