Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar!
Osmonlarga qarab qoldim
Tongi otmas uzun tunlar
Kim kimligin bilib oldim
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Davralarga kirolmadim
Qaddim kerib yurolmadim
Koʻp joylarga borolmadim
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Pul yoʻqligi sezildiya
Yurak bagʻrim ezildiya
Buncha uzoq choʻzildiya
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Ota onam dardim bilar
Omad tilab, duo qilar
Tanish bilish koʻrsa kular
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Tor xonada qoldim yana
Qalbga quloq soldim yana
Ollohni tan oldim yana
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Sevgan gulim yuzin burdi
Omadsiz deb yerga urdi
Hammasi jim kulib turdi
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Mensiz mana tanish bilish
Kunda bazmu jamshid qilish
Boshimizdan oʻtdi koʻp ish
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar
Yuzlarimni shilib oldim
Yuragimni tilib oldim
Kim kimligin bilib oldim
Qoʻlim kalta boʻlgan kunlar.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 29.07.2026 yil.